Shu yilning boshida taniqli aktrisa Madina Muxtorovaning kenja o‘g‘li M.Alimjanov akasi S.Muxtorov tomonidan kaltaklangani oid xabarlar yaxshigina shov-shuv keltirib chiqargandi. Keyinroq aktrisa oilasi tomonidan bu holat inkor etilib, go‘yoki hammasi shunchaki «sahna ko‘rinishi» bo‘lgani, xonadoni tinch va osuda ekani haqida tarmoqlarga ketma-ket lavhalar joylagandi.
Biroq bu paytga kelib, g‘isht qolipdan ko‘chgan - Muxtorovaning o‘g‘illariga oid vaziyat Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari shaxsan nazoratiga olib bo‘lgandi. Natijada ko‘p o‘tmay holat yuzasidan JKning (Jinoyat kodeksi)109-moddasi 2-qismi (sog‘liqning qisqa vaqt, ya’ni 6 kundan ortiq, ammo 21 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga yengil shikast yetkazish)ga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganidan o‘quvchilarimizning xabari bor.
Bir hafta burun jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida Muxtorovlarga oid jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, dastlabki tergovda jarayonida to‘ng‘ich o‘g‘li S. Muxtorovga qo‘shib, aktrisaning o‘zi ham Jinoyat kodeksining 109-moddasi («Qasddan badanga yengil shikast yetkazish») 2-qismi bilan gumonlangani oydinlashadi.
Biroq voqealar rivoji ularning jinoiy javobgarlikka tortilishi bilan yakunlanmadi.
Gap shundaki, M. Muxtarova va S. Muxtarov yarashuv to‘g‘risida ariza taqdim qilib, qilmishlaridan pushaymonligi, buning oqibatlarini anglaganliklari, shuningdek, jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni to‘liq qoplab, hozirda yarashib olganliklarini bildirib, jinoyat ishini tugatishni so‘ragan.
O‘z navbatida jabrlanuvchi tomon ham (qonuniy vakillari ishtirokida) yarashuvga qarshi emasligi, hech qanday da’vosi yo‘qligi, yarashuv sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin kelib chiqadigan huquqiy oqibatlarni tushunganini aytib, jinoyat ishini tugatishni so‘ragan.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 66-1-moddasi (yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javogarlikdan ozod qilish)ga muvofiq, 109-moddaning 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o‘z aybiga iqror bo‘lgan bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, yarashganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
Shunga ko‘ra jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi sudyasi E. Shamsutdinova O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan gumon qilinuvchi M. Muxtarova va S. Muxtarovlarga nisbatan jinoyat ishi yarashilganligi munosabati bilan tugatish haqida ajrim chiqardi.
Shuningdek, jabrlanuvchi va uning qonuniy vakili hamda fuqaroviy da’vogarga ushbu ish bo‘yicha ish yuritishni qayta tiklash yuzasidan iltimosnoma berish huquqi yo‘qolganligi ham tushuntirildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi