2 585
Buxoroda karantin paytida yashirin faoliyat ko‘rsatgan chilimxona borligi ma’lum bo‘ldi
Foto: Buxoro IIB
Buxoroda karantin paytida yashirin faoliyat yuritgan chilimxona faoliyati fosh etildi. Bu haqda Buxoro viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Buxoro shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari shaharda karantin tartib-qoidalariga amal qilinishi yuzasidan tungi «reyd» o‘tkazgan. «Reyd»da kechki soat 00:20 da shahardagi Somiy ko‘chasida joylashgan chilimxona mijozlarga xizmat ko‘rsatib, faoliyatini davom ettirayotgani aniqlangan.
Foto: Buxoro IIB
Yashirin tarzda mijozlarga xizmat qilayotgan chilimxona faoliyati fosh bo‘lgach, chilimxona egalari bir soatga yaqin vaqt davomida eshikni ochishdan bosh tortgan. Talablarga bo‘ysunmagan.
Tadbir davomida ichkariga kirilgandan so‘ng, chilimxona egasi va ish yurituvchi ichki ishlar xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatgan. Tekshiruv davomida chilimxonada 12 nafar mijoz borligi, ularning orasida bir nafar voyaga yetmagan shaxs borligi ham ma’lum bo‘lgan.
Foto: Buxoro IIB
Barcha shaxslar IIB ga olib kelinib, karantin qoidalariga amal qilish, ko‘cha va jamoat joylarida niqobsiz yurmaslik haqida rasman ogohlantirilgan.
Chilimxona rahbari Z.B.ga nisbatan esa karantin qoidalarini buzganligi, shuningdek, ichki ishlar xodimlariga qarshilik ko‘rsatgani uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Ta’kidlash joiz, ushbu modda bilan ayblangan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha jarima solinishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi