15:37 / 04.04.2020
2 772

Namanganda YPX xodimlaridan qochishga uringan haydovchi qo‘lga olindi (video)

Namanganda YPX xodimlaridan qochishga uringan haydovchi qo‘lga olindi (video)
Namangan shahrida YPX xodimlarining talabiga bo‘ysunmay qochib ketishga uringan haydovchi qo‘lga olindi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

«Namangan shahrida olib borilgan reyd tadbirlari davomida 50 L 436 GA davlat raqami belgili Nexia avtomobil haydovchisi tegishli hujjatlarni taqdim eta olmagan. Avtomobil haydovchisida o‘ziga tegishli haydovchilik guvohnomasi bo‘lmaganligi sababli u YPX inspektoriga bo‘ysunmasdan, harakatni noma’lum tomonga davom ettirib qochib ketdi», — deydi viloyati IIB YHXB inspektori.

Oradan ko‘p o‘tmay, karantin talablarini buzgan fuqaro «Sardoba» mahallasidan biridagi ko‘chalarda qo‘lga tushgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda YPX xodimlaridan qochishga uringan haydovchi qo‘lga olindi (video)