23:05 / 05.04.2020
2 534

Toshkentda «stiker»siz yurgan 152 ta avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirildi (foto)

Toshkentda «stiker»siz yurgan 152 ta avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirildi (foto)
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Ichki ishlar vazirligi YHXBB Avtotransport harakatlanishiga nisbatan o‘rnatilgan taqiqni buzganlarni aniqlash bo‘yicha olib borilgan ishlar natijasi to‘g‘risidagi axborotni taqdim qildi.

Unga ko‘ra, Yo‘l-patrul xizmati va Milliy gvardiya hamda sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari tomonidan 4 aprel, shanba kuni, Toshkent yo‘llarida 879 ta yo‘l harakati qoidabuzarligi faktlari qayd etilgan. 152 ta avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
655 ta avtomobil shahar bo‘ylab ruxsatnoma (stiker)siz harakatlangan. Ularga nisbatan huquqbuzarlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54-moddasi 2-qismi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) ko‘ra bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Mazkur moddaga binoan, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha, ya’ni 4 million 460 ming so‘mdan 6 million 690 ming so‘mgacha, mansabdor shaxslarga esa o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha, ya’ni 6 million 690 ming so‘mdan 11 million 150 ming so‘mgacha miqdorda jarima solinishi belgilangan, deyiladi YHXBB axborot xizmatining xabarida.








arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda «stiker»siz yurgan 152 ta avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirildi (foto)