14:05 / 07.04.2020
2 014

Buxorodagi dorixonalarda tibbiy niqob va antiseptik vositalari 900 so‘mdan sotilmoqda

Buxorodagi dorixonalarda tibbiy niqob va antiseptik vositalari 900 so‘mdan sotilmoqda
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida mamlakatimizning barcha hududlarida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish uchun kiritilgan cheklov choralari tufayli qiynalib qolgan aholi qatlamiga yaqindan yordam berish, ularni uydan chiqmagan holda oziq-ovqat va boshqa zarur mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Buning uchun birinchi galda, viloyat hududidagi davlat soliq organlari xodimlari tomonidan oziq-ovqat va birlamchi iste’mol mahsulotlari narxlari qat’iy nazoratga olinib, barcha tadbirkorlik sub’ektlariga mas’ul xodimlar biriktirilgan.
Jumladan, viloyatdagi 2 500 dan ortiq oziq-ovqat do‘konlariga 181 nafar, 53 ta ulgurji savdo do‘konlariga 27 nafar hamda 800 dan ortiq dorixonalarga 59 nafar mas’ul xodimlar biriktirilgan.

Karantin davrida aholining og‘irini yengil qilish maqsadida, Buxoro viloyatining 4-sektori ishchi guruhi tomonidan dehqon bozorlari va mahallalarda har kuni arzon narxdagi oziq-ovqat savdosi tashkil etilyapti. Bu esa aholi tomonidan iliq kutib olinmoqda.

Qayd etish joizki, tashkil etilayotgan savdo shahobchalarida aholiga o‘zi uchun kerakli barcha oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish imkoniyati yaratilgan.
Sektor rahbari rahnomaligida amalga oshirilayotgan bu kabi xayrli ishlardan ko‘zlangan maqsad - “COVID-19” virusi sabab karantin paytida aholining ko‘chaga chiqishini oldini olish va ortiqcha ovoragarchilikka barham berishdir.

Viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i kuni-kecha shaxsan o‘zi Buxoro va Kogon shaharlari hamda viloyatning eng chekka hududi bo‘lgan Qorovulbozor tumanida bo‘lib, aholining oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanganligi va narx-navolarning barqarorligini o‘rgandi, hududdagi tadbirkorlarning muammolari bilan tanishib, pandemiya oqibatida vujudga kelgan to‘siqlarga e’tibor qaratdi.

Bundan tashqari, viloyatda davlat soliq xizmati organlari xodimlari hududdagi barcha savdo shoxobchalarida narxlarni sun’iy oshirmasliklari to‘g‘risida muntazam tushuntirish ishlarini olib borishmoqda. Buning uchun hududidagi savdo shaxobchalari egalaridan narx-navoni oshirmaslik haqida kafolat hatlari olinmoqda.

Shuningdek, viloyat davlat soliq organlari, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorligida dorixonalarda aholi talabi ortgan tibbiy niqoblar va antiseptik (tibbiyot etil spirti-70%) vositalari narx-navosi nazoratga olingan.

Ishchi guruhi bilan olib borilgan o‘rganishlar davomida to‘g‘risini tan olib aytish kerak ko‘plab dorixonalarda bir martalik tibbiy niqoblar va 70% lik tibbiyot etil spirti 1000 so‘mdan 1500 so‘mgacha sotilayotganiga guvoh bo‘ldik.

Shu bois, 4-sektor rahbari ushbu masalaga viloyatdagi ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchi korxonalar mas’ullari e’tiborini qaratib, mazkur vaziyatda aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularga imkon qadar yengillik yaratish zarurligini tushuntirgan holda viloyatda tibbiy niqoblar hamda 70% lik tibbiyot etil spirti 900 so‘mdan sotilishiga kelishib olindi.

Shu maqsadda viloyatdagi 700 dan ortiq dorixonalarning barchasiga mas’ul xodimlar biriktirilib, dorixonalarning ko‘zga ko‘rinarli joylariga tibbiy niqoblar va 70% lik tibbiyot etil spirti 900 so‘mdan sotilayotganligini bildiruvchi e’lonlar joylashtirib chiqildi. E’londa fuqarolarimiz uchun ushbu mahsulotlarning qimmat narxlarda sotilishi holati kuzatilsa bu haqda ma’lum qilishlari uchun davlat soliq organlari va Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat bo‘limi mas’ul xodimlarining telefon raqami ko‘rsatilgan.

4-sektor ishchi guruhi tushuntirish ishlarida aholiga faqat zarurat bo‘lgandagina ko‘chaga chiqish, odamlar bilan oraliq masofani saqlash, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish tavsiya etilmoqda.

Buxoro viloyati DSB
Axborot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxorodagi dorixonalarda tibbiy niqob va antiseptik vositalari 900 so‘mdan sotilmoqda