17:00 / 13.04.2020
2 288

Qashqadaryo viloyatidagi bemorlarning ikki nafari tuzaldi

Qashqadaryo viloyatidagi bemorlarning ikki nafari tuzaldi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Qashqadaryo viloyatida ham ikki nafar bemor sog‘aygani to‘g‘risida ma’lumot berdi.
«Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasi, Xorazm, Namangan va Buxoro viloyatlari safiga endilikda Qashqadaryo viloyati ham qo‘shildi.

Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘ayganlardan biri 8 yoshli, ikkinchisi esa 56 yoshli fuqaro bo‘lib, har ikkisi ham Chiroqchi tumanidan. Bugungi kunda laboratoriya tekshiruvlari ularning darddan butunlay forig‘ bo‘lganini ko‘rsatdi.

Bunda, shubhasiz, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining fidoyi tibbiyot xodimlarining alohida hissasi bor. Ularning sa’y-harakatlari, xalqaro standarlar asosida davo choralari ko‘rilgani bemorlarning tuzalishiga zamin yaratdi.

Shu bois, xalqimiz va davlatimiz rahbari tomonidan tibbiyot xodimlari va koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda faol mehnat qilayotgan insonlarga dalda bo‘linmoqda, ular qo‘llab-quvvatlanmoqda. Ushbu yuksak ehtirom koronavirus infeksiyasiga qarshi mardona kurashayotgan qahramon shifokorlarimiz uchun ulkan rag‘bat va kuch bo‘lishi shubhasiz
», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

12 aprel kuni Toshkent shahrida 19 nafar, Buxoro viloyatida 4 nafar va Xorazm viloyatida bir nafar bemor tuzalgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Shu tariqa, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirganidan keyin davolanib to‘liq tuzalganlar soni 68 nafarga yetdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryo viloyatidagi bemorlarning ikki nafari tuzaldi