13:05 / 14.04.2020
4 966

O‘zbekistonda ahvoli og‘ir deya baholanayotgan bemorlar soni ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda ahvoli og‘ir deya baholanayotgan bemorlar soni ma’lum bo‘ldi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov O‘zbekistondagi epidemiologik vaziyat haqida ma’lumot berdi:

– Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus kasalligi bilan ro‘yxatga olingan bemorlar soni 1054 nafarni tashkil etdi. Virusologiya ilmiy-tekshirish institutidan olingan ma’lumotga ko‘ra, ushbu institut klinikasida davolanayotgan 101 bemorning 27 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 4 nafarining ahvoli og‘ir, 2 nafarining ahvoli nisbatan og‘irroq. Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan 101 bemordan 4 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanyapti.

Mamlakatimizda karantin tadbirlari davom etayapti. 81mingdan ko‘proq holatda fuqarolarimiz uy va statsionar sharoitda karantin muddatini o‘tayapti. Ma’lumotlarga ko‘ra, karantin tadbirlarini buzganlar soni 55 mingdan ortib ketdi. Bunday fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobaridan 30 barobarigacha, rahbar xodimlarga 30 barobaridan 50 barobarigacha jarima qo‘llash belgilangan. Balki siz uchun bu unchalik katta mablag‘ emasdir. Lekin oilangiz, yaqinlaringiz salomatligini xavfga qo‘ymasdan, karantin tadbirlariga rioya qiling, uyda qoling!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda ahvoli og‘ir deya baholanayotgan bemorlar soni ma’lum bo‘ldi