10:43 / 15.04.2020
2 943

O‘z-o‘zini izolyatsiya qilish bo‘yicha Toshkent MDHda birinchi o‘ringa chiqdi

O‘z-o‘zini izolyatsiya qilish bo‘yicha Toshkent MDHda birinchi o‘ringa chiqdi
O‘z-o‘zini izolyatsiya qilish bo‘yida Toshkent MDHda birinchi o‘ringa chiqdi, deb xabar qilmoqda Koronavirus Info “Telegram“ kanali Yandeksga tayangan holda.

“Ayni vaqtda MDH davlatlari orasida o‘z-o‘zini izolyatsiyalash Indeksining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida kuzatilmoqda (4.4 ball). Hukumat sa’y-harakatlari va fuqarolar hamjihatligi bilan deyarli 100% o‘z-o‘zini izolyatsiyalash ta’minlangan“, — deyilgan xabarda.

Yandeks izohiga ko‘ra, 4,4 indeksi — ko‘chada deyarli hech kim yo‘q deganini anglatadi. Hozir Moskvada ushbu indeks 3,1 ko‘rsatgichga teng, Minskda 1,6, Nur-Sultonda 3,4ga teng.

Yana bir bor eslatib o‘tamiz, JSST tavsiyalariga ko‘ra, o‘z-o‘zini izolyatsiyalash COVID-19ga qarshi kurashda eng samarali usul hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘z-o‘zini izolyatsiya qilish bo‘yicha Toshkent MDHda birinchi o‘ringa chiqdi