Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahrida va Andijon viloyatida koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemorlarning yana bir guruhi tuzalgani haqida xabar berdi.
Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan yana 17 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar sog‘ayib Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatilgan.
Sog‘aygan bemorlarning barchasi Toshkent shahridan. Ulardan 16 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan. 1 nafari Londondan Toshkentga kelgan. Bemorlardan 4 nafari erkak, 13 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 69 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2020 yil tug‘ilgan (onasi bilan birga reabilitatsiyaga kuzatildi). Samarali davolash muolajalaridan keyin, so‘nggi tekshiruvlar ularda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi.
«Klinikamiz xodimlarining birdamligi, mahorati va tajribasi bemorlarmizning sog‘ayishida hal qiluvchi rol o‘ynamoqda. Xalqaro standartlar asosida davolash muolajalarini olib borish uchun tibbiyot muassasamizda barcha sharoitlar yaratilgan. Sa’y-harakatlarimiz natijada bugun ham navbatdagi 17 nafar bemor butkul sog‘ayib chiqishdi. Malakali shifokorlarimiz jonkuyarligi tufayli ushbu ko‘rsatkichlar kundan kun oshib borishiga ishonchim komil», deydi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasi bosh shifokori Muhayyo Asilova.
Shuningdek, Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 26 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butkul sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatilmoqda.
Sog‘ayganlarning barchasi Andijon viloyatidan. Bemorlarning 5 nafari erkak, 21 nafari ayollardir. Ularning 1 nafari xorijdan kelgan, qolgan 25 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 59 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi esa 21 yoshda. Samarali davolash muolajalaridan keyin, so‘nggi tekshiruvlar ularda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi.
Hozirga qadar viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 21 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 47 nafarga yetdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati qayd etishicha, 21 aprel kuni O‘zbekistonda 96 nafar bemor sog‘aygandi, 22 aprel kuni esa 93 nafar bemor tuzaldi.
Ayni paytga qadar mamlakatda koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 450 nafarni tashkil etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi