07:38 / 23.04.2020
5 603

Nomusning bahosi 150 ming so‘mmi? Gulistonda fohisha qo‘lga tushdi

Nomusning bahosi 150 ming so‘mmi? Gulistonda fohisha qo‘lga tushdi
Guliston shahrida fohishalik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar aniqlandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 20 aprel kuni soat 21:30 larda Boyovut tumani Gulbog‘ MFYda doimiy ro‘yxatda turib, o‘zi Guliston shahar 4-mavze «Bo‘ston» MFYda yashovchi vaqtincha ishsiz Ya.N. karantin qoidalarini buzgani aniqlangan. U yashash joyida Guliston shahar «Sayqal» MFYda yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan vaqtincha ishsiz fuqaro J.J. bilan 150 ming so‘m evaziga jinsiy aloqa qilayotganda qo‘lga tushgan.

Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar IIO FMB HPBtomonidan fuqaro Ya.N.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-modda 2-qismi, 190-modda 2-qismi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar Guliston shahar ma’muriy sudi tomonidan ko‘rib chiqildi.

Sud hukmi bilan huquqbuzar Ya.N.ga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 2-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 20 (yigirma) barobari, ya’ni 4.460.000 so‘m miqdorida jarima, 190-moddasi 2-qismi bilan 5 (besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nomusning bahosi 150 ming so‘mmi? Gulistonda fohisha qo‘lga tushdi