15:10 / 28.04.2020
3 273

Xitoydan tovar buyurtma qilsa bo‘ladimi?

Xitoydan tovar buyurtma qilsa bo‘ladimi?
Foto: AFP
Xitoyda ishlar qayta tiklangani sababli internet orqali tovar buyurtma qilinsa, O‘zbekistonga kiritiladimi, bojxonadan o‘tkaziladimi?
Ushbu savol yuzasidan Davlat bojxona qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Farhod Olimjonov ishtirokidagi brifingda ma’lumot berildi.
Unga ko‘ra, faqatgina “O‘zbekiston pochtasi” AJ orqali Xitoydan jo‘natmalarni qabul qilish mumkin.

Jahon miqyosida tarqalish geografiyasi tobora kengayib borayotgan koronavirus infeksiyasini respublikamizga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida joriy yilning 1 fevral kunidan boshlab Xitoy Xalq Respublikasidan kirib keluvchi barcha turdagi pochta va kur’erlik jo‘natmalarini qabul qilish vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Biroq 2020 yil 27 fevraldan boshlab Xitoy Xalq Respublikasidan faqatgina “O‘zbekiston pochtasi” AJ orqali kirib kelayotgan jo‘natmalarni qabul qilishga ruxsat etilgan
”, deya Farhod Olimjonovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Brifing davomida qo‘mita vakili xorijdan olib kelishda bojxona to‘lovi bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan tovarlarning ayrimlarini sanab o‘tdi.

Xususan, ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilar, shuningdek tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlari va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan olib kiriladigan, tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish uchun zarur bo‘lgan butlovchi qismlar va xom ashyolar bojxona to‘lovlarini to‘lashdan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etilgan.

Ishlab chiqarilganiga 4 yildan oshmagan, yuk tashish uchun mo‘ljallangan transport vositalari (samosvallardan tashqari) bojxona to‘lovlariga (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) tortilmaydi.

Texnologik asbob-uskunalarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona bojidan imtiyozlar nazarda tutilgan.

Urug‘lar, ko‘chatlar va payvandtaglar, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni kimyoviy himoyalash vositalari bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im bundan mustasno) ozod etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xitoydan tovar buyurtma qilsa bo‘ladimi?