18:48 / 28.04.2020
5 428

Prezident Olot va Qorako‘lda tabiiy ofat oqibatlarini ko‘zdan kechirdi (video)

Prezident Olot va Qorako‘lda tabiiy ofat oqibatlarini ko‘zdan kechirdi (video)
Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 aprel kuni Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlarida bo‘lib, hududda 27 aprel kuni kuzatilgan tabiiy ofat oqibatlarini ko‘zdan kechirdi, deya xabar bermoqda «O‘zbekiston 24» telekanali.

«Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Olot tumanida faollar, quruvchilar va aholi bilan uchrashuv o‘tkazmoqda», — deya ma’lum qilindi «Yangiliklar» dasturining soat 17:00 da efirga chiqqan sonida.

Avvalroq Prezident matbuot xizmati Prezident Shavkat Mirziyoyev tabiiy ofat oqibatlarini ko‘zdan kechirish, zarur chora-tadbirlarni belgilash hamda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish maqsadida Buxoroga jo‘nab ketgani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, viloyatda 27 aprel kuni kuzatilgan yomg‘ir aralash kuchli shamol oqibatida kamida 41 kishi tan jarohati olgan, bir kishi halok bo‘lgan, yuzlab avtomobillar, minglab bino va inshootlar, o‘n minglab daraxtlarga zarar yetgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident Olot va Qorako‘lda tabiiy ofat oqibatlarini ko‘zdan kechirdi (video)