Foto: IIBB axborot xizmati
Toshkent viloyati IIBB hamda Zangiota tumani IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan, xususiy dorixona boshlig‘i 22 million 500 ming so‘mlik, savdosi cheklangan “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni qonunga xilof ravishda sotayotgan vaqtida xolislar ishtirokida qo‘lga olingan.
IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 28 aprel kuni Zangiota tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida, asli samarqandlik bo‘lgan, Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashovchi, xususiy dorixona rahbari va shu bilan birga, Zangiota tuman Tibbiyot kollejining 3-kurs talabasi, 32 yoshli O.T. maxsus xaridorga har bir donasini 150 ming so‘mdan jami 22 million 500 ming so‘m pul evaziga 150 quti “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori moddasini sotayotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan IIBB JQB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish tezkor xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi