11:18 / 10.05.2020
2 411

Pandemiya sharoitida Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi Xitoy faoliyati

Pandemiya sharoitida Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi Xitoy faoliyati
Foto: «Gov.kg»
Markaziy Osiyo respublikalarida koronavirus kezib yurar ekan, Xitoy rahbariyatining maqtanish uchun yetarlicha asoslari bor, deb yozadi «Eurasia.net» nashri.

Xitoy elchixonasining matbuot xizmati ham Markaziy Osiyoga ko‘rsatayotgan yordami haqida tin olmasdan xabar tarqatmoqda. Koronavirusni aniqlash uchun minglab testlarning Markaziy Osiyo respublikalariga taqdim etilayotgani, xitoylik shifokorlarning pandemiya bilan kurashayotgan mamlakatlariga yordam uchun tashrif buyurgani shular jumlasidan. Bundan Markaziy Osiyo OAVlari ham xursand holda bir qator maqolalar chop etdi.

Misol uchun, “Podrobno.uz” elektron nashrida 3 aprel sanasida Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh aerportda koronavirusni aniqlashga yordam beradigan haroratni aniqlashga yordam beradigan uskuna yetkazib berilgani haqidagi maqoladan ko‘ra press-relizga monand material chop etildi. 2019 yil holatiga ko‘ra, Qirg‘iziston rasmiy Pekindan 2,3 milliard dollar qarz. Bu esa Qirg‘iziston yalpi ichki milliy mahsulotining taqriban 30 foizini tashkil etadi. 14 aprel sanasida Qirg‘iziston rahbari Soronbay Jenbekov Xitoy rahbaridan yordam olish borasida murojaat qildi. Ayni damda muzokaralar olib borilmoqda.

30 aprel sanasida The Financial Times nashrida e’lon qilingan maqolada rasmiy Pekin «Bir kamar, bir yo‘l» tashabbusi ishtirokchilarining tashqi qarz yuklamasini yengillatish borasidagi takliflari borasida biror bir rejani o‘ylab ham ko‘rmagan. Xitoy rasmiylari esa kreditlarni kechib yuborishdan ko‘ra, ularning foizlarini to‘xtatib turishlari imkoni borligi haqida shivirlamoqda. Qirg‘iziston shimoldagi saxiy qo‘shnisining qarzdan kechish odatlariga o‘rganib qolgan bo‘lsada, koronavirus davrida rasmiy Moskvaning qarzdan kechish uchun cho‘ntaklari tagi ancha ko‘rinib qolgan. Xitoy bilan tenglashish uchun Rossiyaga yo‘l bo‘lsin!

Rossiya so‘nggi ikki yil davomida O‘zbekistondagi raqibi Xitoyni savdo masalalarida ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasida savdo aylanmasi shu davr mobaynida sezilarli qisqardi. Qirg‘izistondagi savdo aylanmasi hajmi 47 foizga, Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmanistonda 20 foizga qisqardi. Ammo Xitoy savdo vaziri Chjun Shan O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umrzoqov bilan qilgan telefon muloqoti chog‘ida Xitoy qo‘ldan boy berilgan imkoniyatni tiklab olish borasida ishontirishga ham urindi.

Koronavirus markazi bo‘lgan Uxandan bir hafta muqaddam O‘zbekistonga 216 ta Chevrolet Equinox avtomibillari ortilgan poyezd yetib keldi va o‘z egalariga yetkazildi. COVID-19 pandemiyasi cho‘qqisiga chiqqan fevral oyida Xitoy avtomobil eksportiga taqiq qo‘ygan edi.

7 aprel sanasida Ozodlik radiosi Xitoy hukumati O‘zbekiston hukumati joriy etgan karantin holatiga qaramasdan ehtiyotkorlikmi yoki imi-jimidami mamlakatga tibbiy yordam doirasida o‘z ishchilarini ham olib kelayotgani haqida xabar tarqatdi. Yuzlab muhandislar boshqa soha vakillari shifokorlar ortilgan charter reyslarda O‘zbekistonga olib kirilgan.

Ishchilarning 14 kunlik karantinga yotqizilgani aytilgan bo‘lsa-da, ularning ayrimlari karantin muddatini o‘tab Andijon va Toshkentdagi zavodlarga olib borib joylashtirilgan. Xitoy elchixonasi esa o‘z mamlakatining nomiga dog‘ tushirmaslik uchun bunday ma’lumotlarni OAV bilan o‘rtoqlashmaslikka jon-jahdi bilan harakat qiladi.

Xitoy esa aftidan karantinda boy bergan iqtisodiy salohiyatini tiklab olish uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan bordi-keldidan anchayin ham manfaatdor.

Jahongir Ergashev tayyorladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Pandemiya sharoitida Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi Xitoy faoliyati