03:23 / 17.05.2020
10 952

Halok bo‘lgan ikki ayol kim?

Halok bo‘lgan ikki ayol kim?
Sardoba fojiasi oqibatida qurbon bo‘lgan olti fuqaroning ro‘yxati hamon e’lon qilinmadi.
Men darrov halok bo‘lgan ayollar haqida o‘ylay boshladim. Farzandlari bormikan? Ularni qutqaraman deb halok bo‘ldimikan? Farzandlari bo‘lsa, nechta bola "shum yetim" bo‘ldi? Ularning taqdiri... Balki bolalari yo‘qdir.

Qurbonlar shaxsini bilmaganimiz uchun, turli taxminlar qilaveramiz...
Umuman, insoniy yo‘qotishlar eng og‘iri, o‘rni tiklanmaydigani va ko‘p taqdirlarga ta’sir o‘tkazadigani.
Alloh ularni rahmatiga olgan bo‘lsin!

P. S.: Sardobada halok bo‘lgan ayollarning voyaga yetmagan farzandlari yo‘q.

Ichki ishlar boshqarma boshlig‘i Shavkat Mavlonovning ma’lum qilishicha, halok bo‘lgan ayollarning biri 1955 yilda tug‘ilgan, fojia payti turmush o‘rtog‘i bilan dalada bo‘lgan. Turmush o‘rtog‘i ikkisi vafot etgan. Voyaga yetmagan farzandlari yo‘q.

Ikkinchi ayol nogironligi bo‘lgani tufayli vaqtida qochib chiqa olmagan. Uning ham voyaga yetmagan farzandlari yo‘q.
Halokat payti boshqa-boshqa joylarga tushib qolgan barcha oilalar hozirda o‘zaro topishgan.

Shahnoza Soatova

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Halok bo‘lgan ikki ayol kim?