23:25 / 18.05.2020
3 141

Karantin qoidalariga umuman rioya qilmay qo‘yganlar ko‘paydi

Karantin qoidalariga umuman rioya qilmay qo‘yganlar ko‘paydi
Koronavirusning tarqalishini oldini olish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi tomonidan karantin choralarini yumshatish bo‘yicha qaror qabul qilingach, bir qator hamyurtlarimiz sanitariya-epidemiologiya qoidalariga umuman rioya qilmay qo‘ydilar, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, shahrimiz ko‘chalarida tibbiy niqob taqmagan yoki uni to‘g‘ri taqmasdan yurgan fuqarolarni uchratish mumkin.
Shu munosabat bilan Toshkent shahar IIBB xodimlari va sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati ishchilaridan eslatma berilgan:

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54-moddasiga («Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish») binoan karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Misol tariqasida o‘tgan shanba va yakshanba kunlari jamoat joylarida tibbiy niqobsiz yurgan fuqarolar bo‘yicha ma’lumotlar keltirib o‘tilgan:
16 may kuni Toshkentda jami 144, 17 may kuni esa – 104 kishi jamoat joylarida tibbiy niqobsiz yurishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Karantin qoidalariga umuman rioya qilmay qo‘yganlar ko‘paydi