10:50 / 28.05.2020
2 619

Toshkentda ikkita Captiva to‘qnashuvi natijasida mashinalardan biri ag‘darilib ketdi (foto)

Toshkentda ikkita Captiva to‘qnashuvi natijasida mashinalardan biri ag‘darilib ketdi (foto)
Foto: YHXBB
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida 27 may, chorshanba kuni ikki Captiva ishtirokida to‘qnashuv yuz berdi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Hodisa soat 12:45 larda Nukus va Kichik Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasida yuz bergan. 1987 yilda tug‘ilgan S.S. ismli erkak boshqaruvidagi Captiva Nukus ko‘chasidan Kichik Beshyog‘och ko‘chasiga burilayotgan haydovchi 1982 yilda tug‘ilgan A.M. ismli erkak boshqaruvida bo‘lgan Captiva bilan to‘qnashgan.

Foto: YHXBB
To‘qnashuv natijasida A.M. boshqaruvidagi Captiva ag‘darilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan rasmda svetofor ham ag‘darilganini ko‘rish mumkin.

Foto: Telegram / @vtchannel
YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda ikkita Captiva to‘qnashuvi natijasida mashinalardan biri ag‘darilib ketdi (foto)