07:30 / 31.05.2020
8 695

"Qashqadaryoda mafiyami? Hammani urib-qaqshatib tashladi. Xalq ko‘chaga chiqdi. Bozor mojarosi" videosiga rasmiy izoh berildi (video)

"Qashqadaryoda mafiyami? Hammani urib-qaqshatib tashladi. Xalq ko‘chaga chiqdi. Bozor mojarosi" videosiga rasmiy izoh berildi (video)
Ijtimoiy tarmoqda “Qashqadaryoda mafiyami?... Hammani urib qaqshatib tashladi. Xalq ko‘chaga chiqdi. Bozor mojarosi” sarlavhali video paydo bo‘ldi. Video muallifi Dehqonoboddagi bozor qurilishi yakunlanganini, ammo hokimlik tadbirkorga to‘siq bo‘lib, bozorni ochib bermayotganini uqtirishga urinadi. Biroq, mazkur ma’lumotlar asossiz ekanligi haqida Dehqonobod tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Boisi, videoda tilga olingan bozor qurilishi hali yakunlanmagan. Qurilish yakunlanmasa-da, tadbirkor Hamdam Mahmudov bozordan qurilishi chala holatda foydalanmoqchi. Biroq, viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tadbirkorga har tomonlama ko‘mak berishini, qurilish ishlari yakuniga yetishi lozimligini ta’kidlagan.

Viloyat hokimining topshirig‘iga ko‘ra, tuman hokimi Zoir Aliqulov tashabbusi bilan bozor qurilishi uchun barcha qurilish materillari yetkazilmoqda.
Qolgan gaplarni tadbirkor va bozor qurilishida ishtirok etayotganlar tilidan eshiting.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Qashqadaryoda mafiyami? Hammani urib-qaqshatib tashladi. Xalq ko‘chaga chiqdi. Bozor mojarosi" videosiga rasmiy izoh berildi (video)