18:16 / 02.06.2020
2 464

“Panjara ortida”gi alimentchi otalar

“Panjara ortida”gi alimentchi otalar
Oila – bu muhaddas dargoh. Unda ota va onaning farzand oldida o‘ziga yarasha majburiyat va burchlari mavjud.
Ma’lumki, otaning burchi farzandni moddiy jihatdan ta’minlash, oddiygina boqishi kerak. Shunday otalar borki oilaga darz ketgach va farzand onasi bilan birga ketganligi sababli o‘z farzandi oldidagi burchini unutadi. Ba’zida Byuro davlat ijrochilarining qonun talablarini tushuntirishlari ham besamar ketadi.

Biroq, panjara ortida “alimentchi otalar” o‘zlarini turlicha tutadilar.
Jumladan, Beshariq tumani Oqtovuq qishlog‘ida yashovchi Ro‘zimatov Elyor Akbaraliyevich fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun Jo‘rayeva Mohidil foydasiga 2012 yil 6 avgustdan 2020 yil 1 mayga qadar 22 mln. 500 ming so‘m aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan.

Beshariq tuman ma’muriy sudi tomonidan 25.05.2020 yilda ishni ko‘rib chiqish chog‘ida ham ota E.Ro‘zimatov o‘z otalik burchini bajarmasligini ochiqdan ochiq ma’lum qildi va o‘ziga nisbatan jazo tayinlashni so‘radi. Sudga bu muammo emas, unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tezda tayinlandi.

Navbatdagi qahramonimiz Bag‘dod tumani, Qirqvolida qishlog‘ida yashovchi fuqaro O‘lmasov Polvonjon 2016 yil aprel oyidan 2020 yil 1 iyun kuniga qadar 15 mln. 649 ming so‘m aliment pulini to‘lamasdan kelayotgan edi. Davlat ijrochisining unga nisbatan 01.06.2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasi 1-qismiga asosan to‘plangan hujjatlar Bag‘dod tuman ma’muriy sudiga taqdim etilganida ham huquqbuzar sifatida e’tirof etilayotgan P.O‘lmasov “mardonalarcha” miyig‘ida kulib qo‘ydi. Juda borsa 15 kun bemalol “dam olib” kelishini aytib, hazil qilmoqchi bo‘ldi.

Biroq, ish boshqacha tus oldi, P.O‘lmasovga nisbatan sud tomonidan “o‘zi kutganidek” 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangach panjara ortiga kirgach, sud binosidagi maxsus saqlash xonasida atigi 2-3 soat chidash bera oldi, xolos. U Bag‘dod tuman ichki ishlar bo‘limi vaqtincha saqlash xonalariga yetib bormasdanoq, barcha aliment pullarini to‘liq to‘lashini aytib, yalinib-yolvorishga tushdi.

Qarangki, huquqbuzar P.O‘lmasovning birgina telefon qo‘ng‘irog‘i bilan 15 mln. 650 ming so‘m aliment puli sud binosiga yetib keldi va undiruvchi M.O‘lmasov aliment pullarini to‘liq sanab oldi.

Bu holat 1 iyun – bolalarni himoya qilish kunida sodir bo‘lgani farzand uchun ham katta quvonchli hodisa bo‘lsa ajabmas.
Ha, panjara oldi boshqa, orti boshqa.

Majburiy ijro byurosi
Farg‘ona viloyat boshqarmasi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Panjara ortida”gi alimentchi otalar