Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahrida bir kunda 140 bemor tuzalib rekord natija qayd etilgani, mamlakatda shu vaqtgacha tuzalganlar soni 3227 nafarga yetgani haqida xabar berdi.
«Poytaxtimizdagi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 83 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 34 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 22 nafar hamda 3-sonli tug‘ruq majmuasida 1 nafar, jami 140 nafar bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.
Koronavirusga qarshi fidoyilik bilan kurashayotgan shifokorlarimizning sa’y-harakatlari tufayli bugunning o‘zida Toshkent shahridan bir yo‘la 140 nafar bemor ushbu infeksiyadan forig‘ bo‘lib, shu paytgacha kunlik sog‘ayish ko‘rsatkichlari bo‘yicha rekord natija qayd etildi. Ular orasida 84 yoshli onaxonning ham shifo topgani yanada quvonarli voqea bo‘ldi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Shunday qilib, Toshkent shahrida shu paytga qadar tuzalganlar 1234 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, endilikda ularning soni 1374 nafarga yetib, davolanayotgan bemorlar soni 516 nafarni tashkil etmoqda.
Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 3227 nafarga yetgan.
Shifoxonalarda 722 nafar bemor davolanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda