14:30 / 08.06.2020
9 624

Andijonda maktab direktori o‘qituvchini pichoqlagani haqida tarqalgan xabarlar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Andijonda maktab direktori o‘qituvchini pichoqlagani haqida tarqalgan xabarlar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
Foto: Videodan kadr
2020 yil 7 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda maktab direktori o‘qituvchini pichoqlagani haqida videolavha tarqaldi. Ushbu videolavhada aks etgan holatlar Andijon viloyati IIB tomonidan atroflicha o‘rganildi.

Viloyat IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2020 yil 25 may kuni soat 09:00larda Paxtaobod tumani Chorsu MFYda yashovchi fuqaro N.Z. o‘zi bilan birga ishlab kelayotgan Paxtaobod tumani Chorbog‘ MFY hududida joylashgan 25-sonli musiqa maktabida direktor lavozimida ishlovchi D.I.ning xizmat xonasiga ukasi J.O. va M.U.lar bilan birga oylik maoshi haqida ma’lumot olish maqsadida kelib o‘zaro janjallashib ketishadi.

Qayd etilishicha, shu vaqtda D.I. xonasida bo‘lgan xo‘jalik pichog‘i bilan N.Z.ning yuzi va tanasiga urib, unga ish bo‘yicha o‘tkazilgan sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra “chap yuzida, ko‘krak qafasi chap yonida va o‘ng qo‘li kafti ichida kesilgan jarohatlar” kabi sog‘liqning buzilishiga olib kelgan yengil tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish davomida bir dona xo‘jalik pichog‘i daliliy ashyo tariqasida olingan. Mazkur holat Paxtaobod tumani IIB navbatchilik qismining 1-shakl kitobidan 25.05.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan.

To‘plangan tergovga qadar tekshiruv hujjatlari hamda sud tibbiy ekspertiza xulosasiga asosan 04.06.2020 yilda Paxtaobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Yuqorida ko‘rsatilgan holatda gumon qilinuvchining harakatlarida qotillikka suiqasd qilish alomatlari bor-yo‘qligiga tergov harakatlari davomida baho beriladi”, - deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda maktab direktori o‘qituvchini pichoqlagani haqida tarqalgan xabarlar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi