Foto: «Sm-news.ru»
Tez-tez muzqaymoq yeyish zararli deyishadi. Kimlarga mumkin emas? Qanday vaziyatlarda tavsiya etilmaydi? «Sputnik» radiosiga bergan intervyusida shifokor-terapevt, tibbiyot jurnalisti Olga Kashubina shular haqida ma’lumot berdi.
Kunlar isiy boshlagach, muzqaymoq yeyish urfga kiradi: ham mazali, ham huzurbaxsh. Aytishlaricha, ko‘p muzqaymoq yeyish zararli ekan.
«Muzqaymoqning asosiy zarari — tarkibidagi qand moddasi. Agar odam soppa-sog‘ bo‘lsa, sovuqqa hech qanday qarshi ko‘rsatmasi bo‘lmasa, deylik, tish yoki milk kasalliklari bo‘lmasa, bemalol yeyishi mumkin. Faqat muzqaymoq yeyayotganda qand miqdorini nazorat qilishni unutmaslik kerak. Shunchaki kunlik me’yorni oshirib yubormaslikka harakat qiling. Agar ovqatlanish tartibiga amal qilayotgan bo‘lsangiz, muzqaymoq miqdorini cheklashingizga to‘g‘ri keladi. Bu shirin mahsulot, uni desert sifatida iste’mol qilish lozim», — deya tushuntirdi Olga Kashubina.
Aynan tarkibida ko‘p miqdordagi qand tufayli muzqaymoq bolalarning tishiga zarar yetkazishi mumkin, deya ogohlantirdi mutaxassis.
«Muzqaymoq sog‘lom tishlarga salbiy ta’sir o‘tkazib, kariyesni keltirib chiqarishi mumkin. Shu bois bola muzqaymoqni yegandan so‘ng hech bo‘lmasa tishlarini yaxshilab tozalab yuvish lozim», — deya tavsiya qiladi Olga Kashubina.
Sutga allergiyasi bor kishilar ushbu desertdan bosh tortishi zarur. O‘zida laktoza fermenti yetishmaydigan kishilar esa muzqaymoqni cheklangan miqdorda yeyishi lozim.
«Agar sutga toqat qilolmasangiz, ya’ni o‘z laktoza fermentingiz yetishmasa, muzqaymoq yegandan so‘ng ichaklarda noxush alomatlar paydo bo‘ladi. Bunday holatda, yaxshisi, oz miqdorda muzqaymoq yegan ma’qul. Sutga allergiyangiz bo‘lmasa, buning xavfli joyi yo‘q. Odatda sutga allergiyasi bor odamlar hech qachon muzqaymoq yeyishmaydi», — deya izohladi Olga Kashubina.
Kashubinaning ta’kidlashicha, muzqaymoq tufayli shamollab qolish ehtimoli juda kam.
«Muzqaymoq keskin harorat o‘zgarishidan shamollab qolishi uchun tana haroratini birdaniga pasaytira olmaydi. Ovoz xiralashishi tovush paychalari sovqotishi bilan bog‘liq. Bu salomatlik uchun xatarli emas, hol-ahvolga ham ta’sir o‘tkazmaydi», — dedi Olga Kashubina. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi