2 340
O‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan OTM kontrakt miqdorini o‘zi mustaqil belgilaydi
O‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan OTMga o‘zini o‘zi to‘liq moliyaviy ta’minlash miqdoridan kelib chiqib, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini belgilash huquqi berildi.
“2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalariga o‘zini o‘zi to‘liq moliyaviy ta’minlash miqdoridan kelib chiqib, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini belgilash huquqi berildi.
O‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan OTMlar rektorlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha belgilangan to‘lov-kontrakt miqdori haqidagi ma’lumotlarni bir hafta muddatda ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida e’lon qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 1 yanvardan quyidagi 10 ta oliy ta’lim muassasasi tajriba-sinov tariqasida o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tishi belgilangan:
Samarqand davlat chet tillari instituti;
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;
Toshkent davlat yuridik universiteti;
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
Toshkent moliya instituti;
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti;
Toshkent farmatsevtika instituti;
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
Urganch davlat universiteti;
Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi