06:00 / 14.06.2020
2 337

97 ta yangi zararlanish holati qayd etildi, 116 nafar bemor sog‘aydi

97 ta yangi zararlanish holati qayd etildi, 116 nafar bemor sog‘aydi
Kecha 97 ta holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 85tasi karantin muassasalarida, 5tasi aholi orasida (shundan 3tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 2tasi Toshkent shahrida), qolgan 7tasi esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan. SSV matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev telegramdagi kanalida bemorlar qayd etilishi va sog‘ayishi bo‘yicha ko‘rsatkichlar jadvalini keltirdi.

Kecha Toshkent shahrida 85 nafar, Samarqand viloyatida 15 nafar, Navoiy viloyatida 14 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar bemor sog‘aydi. Hozirda kasallik qayd etilgan jami 4966 nafar bemordan 3874 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 78 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1073 nafar bemordan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 26 960 nafar, statsionar karantinda esa 22 497 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 97 ta yangi zararlanish holati qayd etildi, 116 nafar bemor sog‘aydi