10:35 / 20.06.2020
2 663

Zominda «Lasetti» velosipedchini urib yubordi. IIV hodisa tafsilotlarini oshkor qildi (video)

Zominda «Lasetti» velosipedchini urib yubordi. IIV hodisa tafsilotlarini oshkor qildi (video)
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavha yuzasidan ma’lumot berdi. Unda “Lasetti”ning velosipedda harakatlanib ketayotgan fuqaroni urib yuborgani aks etgan.

Qayd etilishicha, joriy yilning 15 may kuni Jizzax viloyati, Zomin tumani hududidan o‘tgan 4R40 avtomobil yo‘lining 22-km.da haydovchi E.U. “Lasetti” rusumli transport vositasini boshqarayotib, yo‘lning chap tomoniga to‘xtash maqsadida qarama-qarshi harakatlangan.

U boshqaruvni yo‘qotib velosipedda harakatlanib ketayotgan fuqaro, 1988 y.t. T.X.ni urib yuborib, yo‘l chetida to‘xtab turgan 1986 y.t. D.Q.ga tegishli bo‘lgan “Neksiya-3” rusumli transport vositasiga urilgan. “Neksiya-3” avtomashinasi zarbdan orqaga harakatlanib to‘xtab turgan “Lasetti” rusumli transport vositasiga urilgan.

Natijada, velosipeddagi fuqaro, 32 yoshli T.X. tan jarohati olib shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Zomin tumani IIO FMB YHXB tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib ko‘rib chiqishlik uchun tuman sudiga yuborilgan.

Ma’muriy ishlar bo‘yicha Zomin tuman sudining qarori bilan haydovchi E.U.ni O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 133- va 137-moddalari bilan aybli deb topib, yetkazilgan zararni qoplash hamda unga nisbatan BHMning 20 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zominda «Lasetti» velosipedchini urib yubordi. IIV hodisa tafsilotlarini oshkor qildi (video)