20:23 / 22.06.2020
2 499

O‘zbekistonda qancha fuqaro karantinda qolayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda qancha fuqaro karantinda qolayotgani ma’lum qilindi
AOKA huzuridagi shtabda koronavirus bilan bog‘liq savollar yuzasidan SEOA direktori birinchi o‘rinbosari Botirjon Qurbonov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda O‘zbekistondagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqida ma’lumot berildi.

Jami 6358 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan, 4377 (69%) nafar bemor to‘liq sog‘aygan, 1962 nafari davolanmoqda. Shu kunga qadar 19 nafar bemorning vafot etgani ma’lum qilindi.

Ayni vaqtda, epidemik vaziyat noxush bo‘lgan hududlardan kelgan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 59 540 nafar fuqaro salomatligi ustidan tibbiy nazorat davom etmoqda. Jumladan,
uy sharoitida — 36 655 nafar fuqaro;
statsionar sharoitda — 22 885 nafar fuqaro karantinga olingan.

Virusologik laboratoriyalarda oxirgi bir kunda 17 600 ta, epid mavsum davomida 1 038 575 ta test sinovi o‘tkazildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda qancha fuqaro karantinda qolayotgani ma’lum qilindi