10:24 / 24.06.2020
2 375

Mirzo-Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan YTH haqida ma’lumot berildi

Mirzo-Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan YTH haqida ma’lumot berildi
Toshkent shahar IIBB Mirzo-Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 23 iyun kuni taxminan soat 11:30da “Feruza” massivida 40 yoshli Nurbek A. “Nexia” avtomobilini boshqarishi davomida boshqaruvni yo‘qotib daraxtga to‘qnashgan.

Bildirilishicha, hodisaning sababi aniqlanmoqda. YTH natijasida avtomobil haydovchisi tan shikastlari olib, shifoxonaga yetkazildi.

Hurmatli haydovchilar! Yo‘lda tezlikni nazorat qilib boring, katta tezlikdagi to‘qnashuvning oqibati og‘ir bo‘ladi. Tezlikni yo‘l sharoitiga va ob-havoga muvofiq tanlang. Yo‘l harakati qoidalariga rioya qiling, ogoh bo‘ling”, - deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mirzo-Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan YTH haqida ma’lumot berildi