20:08 / 26.06.2020
2 160

MIB Yashnobod tuman bo‘limi qarzdor korxonadan 12 mlrd. so‘m undirdi

MIB Yashnobod tuman bo‘limi qarzdor korxonadan 12 mlrd. so‘m undirdi
Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 13.03.2020 yildagi 4-1001-2019/642-sonli ijro varaqasiga asosan, qarzdor “O‘zbekneftigaz” AJdan undiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Davlat zahiralariga 12 mlrd. 136 mln. 926 ming so‘m qarz undirish ko‘rsatilgan.

Mazkur ijro hujjati Byuroning Yashnobod tuman bo‘limiga 17.06.2020 yilda kelib tushgan va O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organalar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan 10112002247101-sonli ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan.

Bo‘lim davlat ijrochisi X.Alibekov tomonidan qarzdorga ijro hujjati talabini bajarishi uchun ixtiyoriy muddat belgilangan. Berilgan ixtiyoriy muddat ichida qarzdor “O‘zbekneftigaz” AJdan undiruvchi O‘zbekiston Respublikasi davlat zahiralariga 12 mlrd. 136 mln. 926 ming so‘m qarz pullari to‘lov topshiriqnomasiga asosan to‘liq undirib berilgan.

Shuningdek, ijro hujjati 20.06.2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organalar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasiga asosan tamomlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Yashnobod tuman bo‘limi qarzdor korxonadan 12 mlrd. so‘m undirdi