21:35 / 27.06.2020
2 734

OTMlarga hujjat topshirgan abituriyentlar soni 200 mingdan oshdi

OTMlarga hujjat topshirgan abituriyentlar soni 200 mingdan oshdi
2020 yil 27 iyun soat 18:00 holatiga respublika bo‘yicha jami 215 748 nafar (joriy yilgi bitiruvchilar 129 058 nafar) abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rasmiy kanalida ma’lum qilindi.

Shundan, ta’lim shakli bo‘yicha:
▪️ kunduzgi – 146 570 nafar;
▪️ sirtqi – 66 019 nafar;
▪️ kechki – 2 898 nafar.

Hududlar miqyosida:
1️⃣ Toshkent shahri – 58 086 nafar;
2️⃣ Samarqand viloyati – 24 937 nafar;
3️⃣ Andijon viloyati – 23 903 nafar;
4️⃣ Farg‘ona viloyati – 14 223 nafar;
5️⃣ Surxondaryo viloyati – 14 168 nafar;
6️⃣ Namangan viloyati – 12 634 nafar;
7️⃣ Toshkent viloyati – 11 984 nafar;
8️⃣ Qashqadaryo viloyati – 11 431 nafar;
9️⃣ Jizzax viloyati – 8762 nafar;
? Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 8578 nafar;
1️⃣1️⃣ Sirdaryo viloyati – 7234 nafar;
1️⃣2️⃣ Xorazm viloyati – 6976 nafar;
1️⃣3️⃣ Buxoro viloyati – 6686 nafar;
1️⃣4️⃣ Navoiy viloyati – 6146 nafar.

Tillar kesimida:
▪️ o‘zbek tilida – 187 979 nafar (87,2 %)
▪️ rus tilida – 22 752 (10,5 %)
▪️ qoraqalpoq tilida – 4 301 nafar (2,0 %)
▪️ boshqa tillarda – 716 nafar (0.3%).

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar:
▪️ Samarqand davlat universiteti – 14 117 nafar;
▪️ Andijon davlat universiteti – 13 545 nafar;
▪️ Toshkent davlat pedagogika universiteti – 8 753 nafar;
▪️ Termiz davlat universiteti – 8 705 nafar;
▪️ Namangan davlat universiteti – 8 160 nafar.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 20 iyuliga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » OTMlarga hujjat topshirgan abituriyentlar soni 200 mingdan oshdi