18:50 / 28.06.2020
3 689

Olimlar: Koronavirusdan tuzalgan bemorlarda bir nechta yangi kasalliklar paydo bo‘ladi

Olimlar: Koronavirusdan tuzalgan bemorlarda bir nechta yangi kasalliklar paydo bo‘ladi
Amerikalik olimlar koronavirusdan tuzalgan bemorning salomatligida bir nechta muammolar yuzaga kelishini ma’lum qildi. Ushbu xastaliklar insonni bir necha yil bezovta qilishi mumkin, deb yozadi «Korrespondent.net».

Nafas olish tizimi kasalliklaridan tashqari koronavirus bir nechta organga zarar yetkazadi, ayrim hollarda esa falokatli oqibatlarga olib keladi.

«Biz COVID-19’ni shunchaki respirator virus deb o‘ylagandik. Ma’lum bo‘lishicha, virus oshqozonosti bezi, yurak, jigar, miya va boshqa organlarga ta’sir qilar ekan», — deydi AQSHdagi ilmiy-tadqiqot instituti direktori Erik Topol.

Olimlarning qayd etishicha, koronavirus qonning ivish xususiyatiga ta’sir ko‘rsatishi tufayli insultga sabab bo‘lishi yoki ko‘pgina organlar tizimiga zarar yetkazishi mumkin.

Virus, shuningdek, nevrologik asoratlarni ham chaqiradi. Ushbu asoratlar bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ta’m va hid bilish qobiliyatini yo‘qotishga olib keladi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olimlar: Koronavirusdan tuzalgan bemorlarda bir nechta yangi kasalliklar paydo bo‘ladi