13:11 / 29.06.2020
2 385

Toshkentda 656 kilometrlik piyodalar va velosipedlar yo‘laklari quriladi

Toshkentda 656 kilometrlik piyodalar va velosipedlar yo‘laklari quriladi
Toshkent shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinadi.

Prezidentning “Toshkent shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Quyidagilar:
  • 2020-2021 yillarda yangi investitsiya loyihalarni amalga oshirish, ishlab chiqarish quvvatlarini yaxshilash va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha Toshkent shahri, Sirg‘ali tumanidagi kichik sanoat zonalarini maqsadli parametrlari;
  • 2020-2021 yillarda qurilishi va rekonstruksiya qilinishi zarur bo‘lgan Toshkent shahrining yo‘l-transport infratuzilmasi ob’ektlarining ro‘yxati tasdiqlanadi.

Ob’ektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihalari majburiy tartibda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan kelishilishi belgilanadi.

“Xonobod” QFY hududida loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirayotgan tashabbuskorlari doimiy foydalanishga yerlarni ajratishda qishloq xo‘jaligi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash yuzasidan qonunchilik bilan o‘rnatilgan kompensatsiya mablag‘larini to‘lash majburiyatidan ozod etiladi.

Toshkent shahar hokimligiga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, "Hududgazta’minot" AJ, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan birgalikda uch oylik muddatda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqilishi, hamda “Industrial park “Sergeli” kichik sanoat zonasi, “Xonobod” QFY, “Mustaqillik” mavzesi hududlariga tashqi yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini olib kelinishi ta’minlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Toshkent shahar hokimligining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha qarorning mazkur bandini amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplash uchun 2023 yilgacha muddat bilan foizsiz budjet ssudasini ajratadi.

Toshkent shahar hokimligi:
  • O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan birgalikda bir oylik muddatda 2020-2030 yillarga Toshkent shahrining yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish Konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020-2030 yillarda Toshkent shahrining yo‘l-transport infratuzilmasi ob’ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun 15 yillik muddatga 200 million dollargacha qiymatda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati ostida Toshkent shahar hokimligiga kredit mablag‘larini taqdim etish uchun Fransiya taraqqiyot agentligi va boshqa xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy davlatlarning moliya tashkilotlarining qarz mablag‘lari jalb etiladi.

Fransiya taraqqiyot agentligining va boshqa xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy davlatlarning moliya tashkilotlarining qarz mablag‘larini so‘ndirish manbalari etib O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Toshkent shahar hokimligining mahalliy budjeti mablag‘lari belgilanadi.

Toshkent shahar hokimligining:
  • Toshkent shahrining Bektemir va Sirg‘ali tumanlarining hududlaridan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosi qirg‘og‘ining 16 kilometrlik qismini 65-80 metrgacha toraytirish va toraytirish natijasida hosil bo‘lgan bo‘sh yer maydonlarini elektron auksion orqali sotish;
  • umumiy uzunligi 656 kilometr bo‘lgan piyodalar va velosipedlar yurish yo‘llarini qurish haqidagi takliflari ma’qullanadi.

Moliya vazirligi Toshkent shahar hokimligiga mazkur loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar uchun 2023 yilgacha muddatga 1 trln.so‘m foizsiz ssuda ajratadi.

Ssudani so‘ndirish manbalari etib:
  • ushbu bandning ikkinchi xatboshida ko‘zda tutilgan loyiha bo‘yicha elektron auksion orqali yer maydonlarining sotilishidan kelib tushgan mablag‘lar;
  • ushbu bandning uchinchi xatboshida ko‘zda tutilgan loyiha bo‘yicha respublika budjeti va Toshkent shahrining mahalliy budjetining teng ulushdagi mablag‘lari hisobiga belgilanadi.

Toshkent shahri hokimiga Toshkent shahrining investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha tajribani muvofiqlashtirish ishchi guruhining qarorlarini bajarish doirasida investitsiya loyihalar, hamda investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalar uchun yer maydonlarini ajratish huquqi beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 avgustdagi PQ–3895-son “Respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorining 9-bandi bilan ko‘zda tutilgan imtiyozlar 2025 yil 1 yanvarga qadar uzaytiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Toshkent shahar hokimligining Mirobod, Uchtepa, Shayxontohur va Yashnobod tumanlarida bo‘sh turgan va samarasiz ishlatib kelinayotgan inshootlar negizida “Ishbilarmonlik markazlari”ni yaratish haqidagi taklifi ma’qullanadi.

Markazlarning asosiy maqsadi etib turli yo‘nalishlar bo‘yicha malakaviy o‘quv kurslarini tashkillashtirish, band bo‘lmagan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, hamda xorijdan kelayotgan fuqarolarga moslashishda yordam berish yo‘li bilan Toshkent shahrining band bo‘lmagan aholisini ishga joylashtirishni ta’minlash belgilab beriladi.

Belgilab qo‘yilishicha:
a) markazlar Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan yaratiladi va kichik sanoat zonalarini boshqarish bo‘yicha Toshkent shahar direksiyasining filiallari hisoblanadi;

b) markazga yonma-yon hududlarning kapital ta’mirlanishi, qayta qurilishi, obodonlashtirilishi tumanlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlariga qo‘shimcha tushumlar, hamda Direksiya tomonidan jalb qilingan kredit mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;

v) markazga yonma-yon hududlarning kapital ta’mirlanishini, qayta qurilishini, obodonlashtirilishini tashkillashtirishning buyurtmachisi bo‘lib Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga tijorat banklari bilan birgalikda eksport va sanoat imkoniyatlariga ega bo‘lgan investitsiya loyihalarni aniqlash va moliyalashtirish uchun Toshkent shahrining tadbirkorlari bilan tizimli va manzilli ishlarni o‘tkazish tavsiya etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Toshkent shahridagi "Inxa" universiteti filiallari va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshida biznes-inkubatorlarni tashkil etish haqidagi takliflari ma’qullanadi.

Biznes-inkubatorlar tijorat faoliyatni amalga oshirish, shuningdek ustav fondiga (kapitalga) xususiy kapitalni jalb qilish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxs ko‘rinishida yaratilishi belgilanadi.

Mazkur biznes-inkubatorlarni faoliyatini tashkillashtirish Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va “Dasturiy ta’minotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki Direksiyasi” MCHJ zimmasiga yuklatiladi.

Biznes-inkubatorlarning asosiy maqsadlari etib:
a) talabalar va yosh olimlarning ilmiy ishlanmalarini tijoratlashtirish uchun rag‘bat yaratish, talabalarga ilmiy guruhlarda, ixtisoslashgan korxonalarda yuqori texnologiyali bozorga mos mahsulotlar va texnologiyalarni yaratishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarida o‘qish bosqichi davomida ishtirok etish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish;

b) axborot texnologiyalari sohasida raqobatbardosh mahsulotlarni va xizmatlarni ishlab chiqilishini va ishlab chiqarilishini rivojlantirish uchun maqbul sharoitlar yaratish, ularni ichki va tashqi bozorda oldinga surish, innovatsion ishlanmalarni rag‘batlantirish;

v) talabalar va yosh olimlarning kichik korxonalarda va yirik biznes-tuzilmalarning bo‘linmalarida ishlash uchun ta’lim olish bosqichida bozor sharoitlariga ko‘niktirish;

g) talabalar loyiha guruhlarini va ularning asosida yangi tashkil etilgan kichik korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va maksimal darajada yashab qolishini ta’minlash, imtiyozli shartlarda maxsus jihozlangan xonalarni taqdim etish, jumladan kollektiv foydalanish uchun biznesni tashkillashtirish va yuritish bo‘yicha ta’lim va maslahat xizmatlari majmuasini ko‘rsatish orqali ilg‘or texnologiyalarni ommalashtirish va ilmiy bilimlarni tijoratlashtirish.

d) yangi ish o‘rinlarini yaratishga ko‘maklashish belgilanadi.

Biznes-inkubatorlarning faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib:
  • innovatsion rivojlantirish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash fondi va biriktirilgan tijorat banklari hisobiga grantlar va moliyalashtirish;
  • jismoniy va yuridik shaxslar, vazirliklar va idoralar bilan tuzilgan shartnomalar (davlat kontraktlari) bo‘yicha bajariladigan ilmiy ishlanmalar, maslahatlar, ekspertizalar va boshqa ilmiy va ilmiy-tadqiqot ishlarining bajarilganligi uchun mukofot;
  • inkubatorlar faoliyatini maqsadli moliyalashtirish uchun beg‘araz asosda oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladigan yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik badallari;
  • inkubatorlar manfaatlarida uchinchi shaxslardan o‘quv muassasalari tomonidan olinadigan xayriya badallari va boshqa beg‘araz berib yuboriluvchi mulk;
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilanadi.

Biznes-inkubatorlarga tijorat banklarining biriktirilishi tasdiqlanadi.

Biriktirilgan tijorat banklariga mazkur biznes-inkubatorlarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash (o‘tgan hisobot yil uchun daromad mavjudligida yiliga bir marta), jumladan, loyihalarda ulushli ishtirok etish, istiqbolli g‘oyalarni kommersiyalashtirish, loyihalar ekspertizasida, biznes-inkubatorlar rezidentlarini maslahatli qo‘llab-quvvatlashda ko‘maklashish vazifalari yuklatiladi.

Belgilab qo‘yilishicha, biznes-inkubatorlar 2023 yil 1 avgust kuniga qadar daromad solig‘i, yer solig‘i va mulk solig‘i, shu jumladan biznes-inkubatorlarning rezidentlari tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida import qilinadigan asbob-uskunalar, xomashyo va komponentlar uchun qonunchilik bilan belgilangan stavkalarni 50 foizini to‘laydilar.

Davlat soliq xizmati organlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishilmasdan qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi inkasso talabnomalarini tadbirkorlik sub’ektlarining hisoblariga taqdim etish taqiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan birgalikda bir oy muddatda tadbirkorlik sub’ektlarining hisoblaridan davlat hokimiyati organlari tomonidan pul mablag‘larining asoslanmagan yechib olinishiga nisbatan murojaatlarni tezkor sudgacha tartibga solishning tezlashtirilgan mexanizmini tatbiq qiladi.

Inkasso topshiriqnomasi tashabbuskoriga 200 BHM o‘lchamida jarima solish yo‘li bilan tadbirkorlik sub’ektlari hisoblaridan pul mablag‘larini noqonuniy bloklash yoki yechib olishga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar uchun javobgarlikning qat’iy choralari belgilanadi.

Amaldagi qonunchilik bilan belgilangan holatlardan tashqari tadbirkorlik sub’ektlariga soliqlar bo‘yicha avans to‘lovlarini amalga oshirish taqiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi jarimalardan kelib tushayotgan mablag‘larni davlat hokimiyati organlarining noqonuniy harakatlari tufayli faoliyatiga zarar yetkazilgan tadbirkorlik sub’ektlarining hisoblariga yo‘naltiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 656 kilometrlik piyodalar va velosipedlar yo‘laklari quriladi