13:07 / 04.07.2020
2 614

O‘zbekistonda shovqin chiqaruvchi termoplast yo‘l chiziqlarini sinovdan o‘tkazish boshlandi

O‘zbekistonda shovqin chiqaruvchi termoplast yo‘l chiziqlarini sinovdan o‘tkazish boshlandi
Foto: yhxbb.uz
Namangan viloyati yo‘llarida shovqin chiqaruvchi chiziqlar chizilishi boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, bugungi kunda charchoq holatida transport vositasini boshqarib, o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘yib harakatlanayotgan haydovchilar ko‘plab uchramoqda. Ushbu haydovchilar tomonidan turli ko‘rinishdagi yo‘l-transport hodisalari ham sodir bo‘layotganligi hech kimga sir emas.

Toshkent viloyatida chizilgani kabi Namangan viloyati yo‘llarida ham haydovchilarni hushyorlikka chaqiruvchi shovqin chiqaruvchi termoplast yo‘l chiziqlari chizilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, yo‘lda harakatlanib kelayotgan haydovchilar ushbu chiziqlar ustidan harakatlanib o‘tgan vaqtida shovqin yuzaga keladi va charchagan haydovchi shovqinni eshitib yetarlicha sergaklanadi.

Bu chiziqlar faqatgina yo‘l-transport hodisalari oldini olish maqsadida chizilgan bo‘lib, sinov tariqasida qo‘llanilmoqda, deyilgan ma’lumotda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda shovqin chiqaruvchi termoplast yo‘l chiziqlarini sinovdan o‘tkazish boshlandi