Nurmat Otabekov.
Foto: Videolavhadan skrinshot
AOKA anjumanlar zalida Respublika maxsus komissiyasining karantin choralarini kuchaytirish borasidagi qarori yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi. Anjumanda mutaxassislar oldinda jiddiy vaziyat turganini qayd etishdi.
«Bu yerda faqat tibbiyot, Ichki ishlar, Milliy gvardiya, OAV, hokimliklar yoki muayyan soha vakillari ishni qiladi deydigan bo‘lsak, bo‘lmaydi. Aynan qars ikki qo‘ldan chiqadigan vaziyat mana bugun biz uchun asqotadi. Shunday ekan, xalqimiz mutaxassislarning fikrini tinglab, unga amal qilmas ekan, biz vaziyatni barqarorlashtira olmaymiz», — deya ta’kidladi Sanitariya-epidemiologik nazorat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov.
Shuningdek, mutaxassis koronavirus O‘zbekistonga oldinroq kirib kelgan bo‘lishi mumkinligini inkor etmadi.
«Bir jihatga e’tibor beraylik. O‘zbekiston hududida birinchi bemor 2020 yilda 15 mart kuni qayd etildi. Biroq kasallik mamlakatimizga undan avval ham kirib kelgan bo‘lishi mumkinligini inkor etmaymiz. Biz birinchi aniqlagan bemorimizdan sarhisobni boshladik. Shundan keyin statistik raqamlar shakllandi», — dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi