14:25 / 13.07.2020
2 741

O‘zbekistonda koronavirusga immunitetni aniqlash testlari o‘tkazilishi boshlandi

O‘zbekistonda koronavirusga immunitetni aniqlash testlari o‘tkazilishi boshlandi
AOKAda o‘tkazilgan brifingda tibbiyot fanlari doktori, professor Anvar Alimov koronavirusni boshqarishga erishish imkoni haqida aytib o‘tdi.
«Dunyo statistikasiga ko‘ra, aholining 60 foizida immunitet paydo bo‘lsa, pandemiya holati yuzaga kelmaydi va virusni boshqarish mumkin bo‘ladi. Buning uchun vaksinatsiya ham katta omil bo‘lib xizmat qiladi», deya Alimovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz nashri.

Mutaxassis O‘zbekistonda immunoferment ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahlillar olib borilayotganini bildirib o‘tdi.
«Rossiyada o‘tkazilgan immunoferment tahlillarga ko‘ra, ularda kollektiv immunitet 13 foizni tashkil qilmoqda. Ya’ni bir nafar bemorga 3ta kasallikning simptomsiz kechish holati to‘g‘ri kelmoqda. Biz ham immunoferment tahlillarini o‘tkazishni boshladik», dedi Alimov.

Ma’lumot uchun, immunoferment tahlil - inson organizmi koronavirus infeksiyasi yuqqanidan so‘ng kamida bir hafta o‘tgach organizm unga qarshi ishlab chiqargan antitanachalarni aniqlaydi. Test qon namunalaridagi immunoglobulinni aniqlab beradi. Immunoferment tahlil odatda OIV-infeksiyani aniqlashda ishlatilardi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusga immunitetni aniqlash testlari o‘tkazilishi boshlandi