21:13 / 13.07.2020
1 782

Adliya vaziri o‘rinbosari: Karantin o‘z vaqtida kiritilishi evaziga minglab kishilarning hayoti saqlab qolingan

Adliya vaziri o‘rinbosari: Karantin o‘z vaqtida kiritilishi evaziga minglab kishilarning hayoti saqlab qolingan
Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikromov AOKA qoshida bo‘lib o‘tgan brifingda karantin choralari asoslari haqida to‘xtalib o‘tdi.
«Koronavirus bilan ommaviy zararlanishning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qonunlarda ko‘zda tutilgan maqsadlarga yetishish uchun ko‘rilayotgan choralar mutanosib yoki yetarli emasligi haqidagi fikrga aslo qo‘shilib bo‘lmaydi», dedi vazir o‘rinbosari o‘z chiqishida.

Tahlillar ko‘rsatishicha, 2020 yilning 11 iyul holatiga O‘zbekistonda koronavirusdan o‘lim holatlari har 1 million kishiga 2tani tashkil etmoqda. Bu mamlakatda koronavirus ilk qayd etilganidan buyon o‘tgan to‘rt oydan keyingi ko‘rsatkichdir. Shu davrda dunyoning 35ta davlatida ushbu ko‘rsatkich 100-1230 nafar oralig‘ida bo‘lib turibdi, dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkich esa har 1 million kishiga 72 nafar bo‘lib turibdi.

«O‘zbekiston bu borada 159-o‘rinda joylashgan, agar mamlakatimiz aholisi sonini inobatga olsak, bu eng yaxshi ko‘rsatkichlardan biridir. Boshqa tomondan, bu holat O‘zbekiston cheklov choralarini o‘z vaqtida kiritish evaziga 2,5-20 minggacha bo‘lgan kishilarning hayotini saqlab qolganini anglatishi mumkin», deya Muzraf Ikromovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz nashri.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 15 mart kuni koronavirusdan zararlanishning ilk holati qayd etilishi ortidan qat’iy karantin joriy etilgandi. May oyining birinchi yarmida karantin choralari bosqichma-bosqich yumshatildi. May oyi va iyun oyida mamlakatda epidemiologik holat barqaror saqlanib turdi, ammo iyun oyi oxiri va iyul oyi boshida kunlik kasallanishlar soni 400dan oshdi va respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra 10 iyuldan 1 avgustgacha yana qat’iy karantin joriy etildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra. O‘zbekistonda shu vaqtgacha 13360 kishida kasallik aniqlangan, shu vaqtgacha bemorlarning 62 nafari vafot etgan, 7852 kishi tuzalib chiqqan, ayni vaqtda shifoxonalarda 5446 nafar bemor davolanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Adliya vaziri o‘rinbosari: Karantin o‘z vaqtida kiritilishi evaziga minglab kishilarning hayoti saqlab qolingan