11:17 / 30.07.2020
2 185

Behzod Musayev kuniga 2000 dan ortiq fuqaro O‘zbekistonga olib kelinayotganini ma’lum qildi

Behzod Musayev kuniga 2000 dan ortiq fuqaro O‘zbekistonga olib kelinayotganini ma’lum qildi
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Behzod Musayevning ma’lum qilishicha, har kuni qo‘shni davlatlar chegaralari va charter reyslar orqali 2000 dan ortiq vatandosh mamlakatga kirib kelmoqda.

Behzod Musayevning so‘zlariga ko‘ra, shu kunga qadar 200 mingdan ortiq fuqaro xorijiy davlatlardan qaytib kelgan.
Uning qayd etishicha, xorijdan kirib kelayotgan fuqarolar karantin zonalariga joylashtirilmoqda. O‘rtasaroy karantin zonasida aniqlanayotgan COVID-19 bemorlarini davolash o‘sha yerning o‘zida boshlanmoqda.

Shuningdek, Behzod Musayev xorijdagi fuqarolarni olib kelish kerak emasligi haqidagi fikrlarga o‘z izohini berdi. Uning ta’kidlashicha, qaytish istagini bildirganlarning vatani shu joy ekanligi, ota-onasi, oilasi, bolalari shu yerda ekanligini hisobga olib, ularni olib kelish zarur.

Eslatib o‘tamiz, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov xorijdan o‘zbekistonliklarni olib kelishni to‘xtatib, ularni turgan mamlakatlarida davolashni moliyalashtirish kerakligini taklif qilgandi.

Avvalroq xorijdagi o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish bo‘yicha 20 iyuldan 2 avgustga qadar amalga oshiriladigan charter reyslar jadvali tasdiqlangandi.

Shuningdek, Rossiya, Ukraina va Misrda tahsil oluvchi o‘zbekistonlik talabalar avgustning birinchi 10 kunligida vatanga qaytariladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Behzod Musayev kuniga 2000 dan ortiq fuqaro O‘zbekistonga olib kelinayotganini ma’lum qildi