16:28 / 31.07.2020
2 437

Koronavirus homiladorlikning qaysi davrida nisbatan xavfli ekani aytildi

Koronavirus homiladorlikning qaysi davrida nisbatan xavfli ekani aytildi
Homiladorlikning dastlabki olti oyi – homila organlarining shakllanish davrida koronavirusning salbiy ta’siri yuqori bo‘lishi mumkin.
Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Anvar Alimovning so‘zlariga ko‘ra, homiladorlikning dastlabki olti oyida koronavirusning xavfi yuqoriroq bo‘ladi.

«Homila 6 oylik bo‘lgunicha ona virusga qarshi spetsifik prepartlarni qabul qila olmaydi. Bu davrda homilaning organlari shakllanadi. Virusga qarshi preparatlar homilada nuqson chaqirishi mumkin.

Shu bois bu davrda bo‘lajak onalar o‘ta ehtiyotkor bo‘lishi kerak
», dedi Alimov AOKAdagi matbuot anjumanida.
Shtab a’zosi Habibullo Oqilovning qayd etishicha, homiladorlarning koronavirusni yuqtirish ehtimoli boshqalar bilan bir xil.

«Homiladorlarning koronavirus bilan kasallanish ehtimoli boshqalarniki bilan bir xil. Ular har qanday infeksiyadan, shu jumladan, koronavirusdan ham ikki hissa ko‘proq ehtiyot bo‘lishi kerak», deydi Oqilov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus homiladorlikning qaysi davrida nisbatan xavfli ekani aytildi