16:26 / 02.08.2020
5 025

"Koronavirus bilan ishlayotgan barcha shifokorlarga "Tibbiyot psixologiyasi" va "Asab va ruhiyat" kitoblari o‘ta zarur"

"Koronavirus bilan ishlayotgan barcha shifokorlarga "Tibbiyot psixologiyasi" va "Asab va ruhiyat" kitoblari o‘ta zarur"
Bugungi kunda yurtimizda koronavirusga qarshi kurashda vrachlarimizni, hamshiralarimizni, koronavirusga chalingan bemorlarni, koronavirusdan tuzalib chiqqan fuqarolarimizni turli xil savollar qiynamoqda.

Shuning uchun Tibbiyot fanlari doktori professor Zarifboy Ibodullayev bu kabi savollarga javoblarni "Tibbiyot psixologiyasi" va "Asab va ruhiyat" deb nomlangan kitoblaridan topishlari mumkinligini aytib ushbu kitoblarni zudlik bilan shifoxonalarga tarqatish zarurligini Sog‘likni saqlash vaziri Behzod Musayev va Toshkent shahar hokimi Jaxongir Ortiqxo‘jayevga o‘z videomurojaatida bildirgan. Professor Zarifboy Ibodullayevning mazkur videomurojaati matnini sizga havola qilamiz.

- "Assalomu alaykum men tibbiy psixolog Zarifboy Ibodullayev bo‘laman. Bugungi murojaatim SSV vaziri Bekzod Musayev va Toshkent shahar hokimi Jaxongir Ortiqxo‘jayevga. Hammangizga ma’lumki juda ko‘p shifoxonalar koronavirus bilan davolanayotgan bemorlar uchun ajratildi. Juda ko‘p bemorlarga hozirgi kunda tibbiy psixologik yordam kerak. Biz “Tibbiyot psixologiyasi” deb nomlangan kitobni tayyorlagan edik. Bu salkam 500 betlik darslik. Afsuski, bu darslikni katta qismi hozir “Zaminnashr” nashriyotida yotipti.

Bu darslikni faqat Samarqand tibbiyot instituti 300 dona xarid qilib oldi. Qolgan tibbiyot institutlarining birontasi bu kitobni xarid qilmadi. Bu kitobga talab shu qadar ko‘payib ketdiki, men oxir oqibat uning elektron variantini birinchi karantin davridayoq internetga qo‘yishga majbur bo‘ldim. Hali bu kitobni sotish orqasidan “Zaminnashr” nashriyoti ham men ham hozirgi bozor iqtisodiyoti nuqtai nazaridan oladigan bo‘lsak foyda ko‘rmadik. Lekin savob uchun uning elektron variantini internetga qo‘yib yubordik.

Ikkinchi karantin davrida menga o‘zim o‘qitgan talabalar, yosh vrachlar “Ustoz shu kitobingiz biz uchun juda zarur” deb iltimos qilishyapti, lekin ularning ko‘pchiligi bu kitobni xarid qilib olishga qurbi yo‘q. Bu kitob 3000 dona “Zaminnashr” nashriyotida yotipti. Hatto o‘zim ishlayotgan Toshkent tibbiyot akademiyasi ham G‘aznachilik hali bizga pul ajratmadi deb bu kitobni xarid qilgani yo‘q. Nima uchun men Jahongir Ortiqxo‘jayevga ham iltimos qilganimni sababi Samarqand tibbiyot institutidan boshqa bironta ham tibbiyot institutlari hali bu kitobni xarid qilgani yo‘q.

Hozir koronavirus bilan bog‘lik nevroz, depressiya, fobiya va psixomatik buzilishlar juda ko‘payib ketdi. Bu kitobda yuqoridagi holatlarda qanday qilib yordam ko‘rsatish juda sodda, oddiy qilib yozilgan. Bu kitob faqat nevropotolog, tibbiy psixolog, psixiatrlarga emas, koronavirus bilan ishlayotgan juda ko‘p vrachlarga kerak bo‘lib turibdi. Bu kitobni hozirgi kunda kamida 10000 nusxada bosib zudlik bilan koronavirus bilan ishlayotgan vrachlarga tarqatish kerak. Negaki bugunmi, ertami koronavirus ketadi, lekin o‘zidan juda katta asoratlarni: nevroz, depressiya, fobiya, psixomatik o‘zgarishlarni qoldirib ketyapti.

Shuning uchun men Sog‘liqni saqlash vaziriga ham iltimos qilyapman, Jahongir Ortiqxo‘jayevga ham iltimos qilyapman, balki boshqa homiylar ham qo‘shilishib “Zaminnashr” nashriyotida chang bosib yotgan ushbu kitobni zudlik bilan barcha shifoxonalarga tarqatilishini ta’minlash kerak .
Shu bilan birga 3000 ta “Asab va ruhiyat” deb nomlanuvchi kitobimiz ham yotipti. Bu kitobda “Tibbiyot psixologiyasi” kitobida keltirilgan ma’lumotlar oddiy va sodda qilib berilgan. Bu kitobdan bemorlar ham hamshiralar ham foydalanishlari mumkin.

Menga kelayotgan telefon qo‘ng‘iroqlaridan ma’lumki, nega men Sizlarga murojaat bilan chiqishga majbur bo‘layotganligimning sababi shuki hozirgi kunda juda zarur bo‘layapti bu qo‘llanma, chunki birorta o‘zbek vrachini qo‘lida yo‘q bu qo‘llanma. Ular “qo‘rqmang, vahimaga tushmang” deb faqatgina bemorlarni tinchlantirish bilan ovora bo‘lishmoqda.

Hozirgi og‘ir kunlarda minglab vrachlarimizga, minglab hamshiralarimizga juda ham zarur bo‘lgan ushbu qimmatli kitoblar nega nashriyotda chang bosib yotishi kerak? Shuning uchun men iltimos qilib qolaman ushbu kitoblarni zudlik bilan nashriyotdan olib barcha vrachlarimizga tarqatilishini ta’minlash kerak, savob ham bo‘ladi.

Men oldin aytganimdek o‘zimning gonorarimdan ham voz kechib uni shogirdlarimga tarqatib yubordim. Agar institutlarni xarid qilishga puli bo‘lmasa, haqiqatdan ham G‘aznachilik ish haqidan boshqa xarajatlar uchun mablag‘ ajratmasa ularga ham bir yo‘lini qilib tarqatilishini ta’minlash kerak. Busiz juda qiyin bo‘ladi, chunki bugungi kunda tibbiy psixologik yordam ko‘rsatish uchun zarur bironta ham tibbiy adabiyot yo‘q
", - deydi professor Zarifboy Ibodullayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Koronavirus bilan ishlayotgan barcha shifokorlarga "Tibbiyot psixologiyasi" va "Asab va ruhiyat" kitoblari o‘ta zarur"