1 740
Bojxonachilar 144 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan dorilarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi
Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahri Yashnobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga doir navbatdagi holat fosh qilindi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro I.D. boshqaruvidagi “Lada Vesta” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida va belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtomashinaga xorijda ishlab chiqarilgan, ammo sifatini va bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi bironta ham hujjati bo‘lmagan 1200 dona “Minoxodil” nomli dori vositalari ortilgani ma’lum bo‘ldi.
Shu tariqa, soch o‘stirish uchun mo‘ljallangan mazkur dori vositalari 144 mln. so‘mga pullanayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi