22:10 / 12.08.2020
2 474

Abituriyentlarga ruchka, suv, antiseptik vositalar, qo‘lqop, niqob va bosh kiyim bepul beriladi

Abituriyentlarga ruchka, suv, antiseptik vositalar, qo‘lqop, niqob va bosh kiyim bepul beriladi
Bugun, 12 avgust kuni Xalqaro press klubning qabul masalalariga bag‘ishlangan sessiyasida Oliy va o‘rta vazir o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov quyidagilarni ma’lum qildi:

«Bu o‘quv yilidan boshlab 6 ta ta’lim yo‘nalishida o‘qish muddati 4 yildan 3 yilga kamaytirildi, bular:
— Musiqiy ta’lim
— Jismoniy madaniyat
— Texnologik ta’lim
— Chaqiriqqacha harbiy ta’lim
— Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
— Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya va sport».
DTM direktori Majid Karimovning ma’lum qilishicha, abituriyentlarga ruchka, suv, antiseptik vositalar, qo‘lqop, niqob va bosh kiyim bepul beriladi.

IIV boshqarma boshlig‘ining ma’lum qilishicha, Ichki ishlar vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya bilan birgalikda test sinovlari o‘tkaziladigan hududni test boshlanishiga 2 kun qolganda qo‘riqlovga oladi.

Imtihon jarayoniga jurnalistlar kirishi to‘siqsiz ta’minlab beriladi.
Ota-onalar jarayonni kameralar orqali onlayn kuzatishi mumkin.

Abituriyentlar mahalliy budjet hisobidan niqob bilan ta’minlanadi, shuningdek, ular uchun kepka tarqatilishi tashkil qilinadi va hududga bosh kiyimi kiyilgandan so‘ng kirgiziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Abituriyentlarga ruchka, suv, antiseptik vositalar, qo‘lqop, niqob va bosh kiyim bepul beriladi