
«O‘zbekiston 24» telekanalidagi "COVID-19 savol-javob" dasturida qatnashgan Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti dotsenti Dilfuza Hasanova bergan ma’lumot asosida «Kun.uz | Sog‘lom hayot» xabar berdi.
Koronavirus nafaqat o‘pka to‘qimasini, balki nerv hujayralarini gematoensefal to‘siqdan o‘tib, miyani ham zararlashi isbotlandi. Koronavirusning neyrokorona - 1, neyrokorona - 2, neyrokorona - 3 degan tasnifi paydo bo‘ldi.
Nima uchun koronavirusda hid va ta’m bilish sezgisi yo‘qoladi? Bosh miya juft nervlaridan birinchisi hid bilish nervi bo‘lib, kasallikda u zararlanyapti. Shuningdek, tilni boshqaruvchi nervlar shikastlanishi hid bilishni yo‘qotadi.
Koronavirusdan davolangandan keyin virusning qoldiqlari bo‘ladi va ular toksinlar chiqaradi. Shu sababli tuzalgandan keyin birdaniga ta’m va hid bilish sezgisi tiklanmaydi.
Organizm sekin-astalik bilan sezgi hissini tiklab oladi. Bu bemorlarda turli davrni o‘z ichiga oladi. Kimdadir 7-10 kun, ba’zilarda 2 haftagacha cho‘ziladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar