date

Donald Tramp Ukraina mojarosi bo‘yicha og‘ohlantiruv bilan chiqdi

Donald Tramp Ukraina mojarosi bo‘yicha og‘ohlantiruv bilan chiqdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi urushni tugatish masalasi bo‘yicha yangi bayonot bilan chiqdi. Davlat rahbariga ko‘ra, Vashington mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda.

«Biz kelishuvga erishishga harakat qilyapmiz. Agar u amalga oshsa – bu barcha uchun juda yaxshi bo‘ladi. Lekin agar kelishuv bo‘lmasa, ko‘pchilik katta narx to‘laydi», — dedi Tramp jurnalistlar bilan suhbatda.

Uning ta’kidlashicha, AQSH urushni to‘xtatishni asosiy diplomatik maqsad sifatida belgilagan va bu jarayonda ham Moskva, ham Kiyev bilan muloqotni saqlab turibdi.

Shu bilan birga, Tramp Ukraina hozircha g‘alaba qozonishi mumkinligini, ammo bu ehtimol juda past ekanini ta’kidladi. “Ukraina hali ham g‘alaba qozonishi mumkin, lekin bu ehtimol ancha oz. Biz barchasini tinch yo‘l bilan hal etish tarafdorimiz”, — dedi u.

Oq uy rahbari Putin va Zelenskiy haqidagi fikrlarini ham ochiqchasiga bildirdi. “Ular bir-birini yomon ko‘radi, bu esa vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda,” — dedi Tramp.

Ma’lumot uchun, o‘tgan hafta Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgan. Bu suhbat 16-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan va ertasi kuni Tramp Oq uyda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazgan.

Suhbatlardan so‘ng AQSH prezidenti Putin bilan ikkinchi uchrashuvni o‘tkazish niyati borligini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, bu sammit Budapeshtda bo‘lib o‘tishi mumkin. Hozircha aniq sana belgilanmagan, ammo uchrashuv yaqin haftalarda o‘tkazilishi kutilyapti.

Siyosatshunoslar fikricha, Trampning bu bayonoti Ukraina atrofidagi diplomatik faollik yanada kuchayishidan darak beradi. Shuningdek, Vashington mojaroni uzoq muddatli siyosiy yechimga olib keladigan yangi formatni ishlab chiqish ustidan ishlayapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donald Tramp Ukraina mojarosi bo‘yicha og‘ohlantiruv bilan chiqdi