date

Samarqandda ikki maktab qizi janjal ustida mushtlashdi

Samarqandda ikki maktab qizi janjal ustida mushtlashdi

Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi 41-umumta’lim maktabining 9-sinfda o‘qiydigan ikki qizning janjali internetda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda o‘quvchi qizlar orasidagi mushtlashuv aks etgan bo‘lib, bu holat jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otdi.

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi voqeaga izoh berdi. Ma’lum bo‘lishicha, 9-“A” sinf o‘quvchisi F.F. va 9-“B” sinf o‘quvchisi R.G. avvalroq kechqurun uy telefon orqali tortishib qolgan. Shundan so‘ng, 14-oktyabr kuni soat 14:20 larda ular “Qoratepa” mahallasidagi Sarbozor ko‘chasida o‘zaro janjallashgan.

Voqea paytida ularning sinfdoshlari ham yaqinida bo‘lgan va ayrimlari bu holatni telefon orqali videoga olishgan. Kadrlar tarqalishi bilan mazkur voqea jamoatchilik va ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokama qilindi.

Ta’lim boshqarmasi ma’lumot berishicha, janjaldan so‘ng maktab ma’muriyati va tuman IIB mas’ullari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari bilan suhbatlar olib borilgan. Hodisada ishtirok etgan barcha 12 nafar o‘quvchining ota-onasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga asosan (bolalarni tarbiyalash va ta’lim berishdagi majburiyatni bajarmaslik) bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Tegishli idoralar ta’kidlashicha, bu holat takrorlanmasligi uchun maktab va mahalla miqyosida profilaktik ishlar kuchaytiriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda ikki maktab qizi janjal ustida mushtlashdi