date

Surxondaryoda mast holda qo‘shnisiga tegajoqlik qilgan erkak jazolandi

Surxondaryoda mast holda qo‘shnisiga tegajoqlik qilgan erkak jazolandi

Surxondaryo viloyatida 16 yoshli qizga shilqimlik qilgan erkakqa nisbatan sud o‘z qarorini chiqardi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 2025-yil 7-sentyabr kuni Jarqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro to‘ydan qaytayotgan paytda mast holda yo‘lda 2009-yilda tug‘ilgan qo‘shni qizga duch kelgan. U qizning yo‘lini to‘sib, telefon raqamini so‘ragan, keyin esa qo‘lidan ushlashga uringan.

Sud jarayonida ayblanuvchi qilmishini qisman tan olgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, qizga “shilqimlik” qilmagan, faqat raqamini so‘ragan va uning ketishiga yo‘l qo‘ymagan. Shu bilan birga, u qilgan xatti-harakatidan afsusda ekanini bildirgan.

Sud materiallariga ko‘ra, fuqaroga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari asosida 5 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Navoiy viloyati Uchquduq tumanida ham shunga o‘xshash holat qayd etilgan — mahalla raisi “Ayollar daftariga kiritish” bahonasida ayolga nisbatan noqulay harakatlar qilgani uchun javobgarlikka tortilib, jamoatchilik tomonidan keskin tanqid qilingan edi.

Bu kabi holatlar jamiyatda inson qadri, ayniqsa voyaga yetmaganlar va ayollarning daxlsizligi qanchalik muhim ekanini yana bir bor eslatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda mast holda qo‘shnisiga tegajoqlik qilgan erkak jazolandi