date

Ohangaron qochqini 3-sinf o‘quvchisini zo‘rlagani bilan elni junbushga soldi

Ohangaron qochqini 3-sinf o‘quvchisini zo‘rlagani bilan elni junbushga soldi

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida jinoyat sodir etgan mahkum haqidagi xabar jamoatchilikda keskin bahslarga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, 50-son manzil koloniyasidan qochgan 31 yoshli erkak 3-sinfda o‘qiyotgan qizni zo‘rlagan. Mahalliy aholi uni dalada ushlab, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirgan.

Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, mahkum 16 oktyabr kuni “P.B.” korxonasiga mehnat faoliyatiga jalb qilingan paytda “noma’lum tomonga ketib qolgan”.

Tekshiruvlarda ma’lum bo‘lishicha, u 2018 yilda Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi — 14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish jinoyati uchun hukm qilingan. Sud hukmiga binoan, u 2033 yilgacha ozodlikdan mahrum etilgan va 2024 yil avgust oyida jazoning qolgan qismini o‘tash uchun manzil koloniyaga o‘tkazilgan.

Hozirgi vaqtda jinoyat sodir etgan shaxs tezkor tartibda qo‘lga olingan. Unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgani rasman tasdiqlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ohangaron qochqini 3-sinf o‘quvchisini zo‘rlagani bilan elni junbushga soldi