date

Donald Tramp Ukraina urushi bo‘yicha navbatdagi bayonot bilan chiqdi

Donald Tramp Ukraina urushi bo‘yicha navbatdagi bayonot bilan chiqdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Ukraina bilan Rossiya o‘rtasidagi mojaroga oid yangi fikr bildirdi, deb xabar berdi dw.com. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev nazariy jihatdan g‘alaba qozonishi mumkin, ammo bu ehtimol juda past.

«Ular hali ham g‘alaba qozonishi mumkin. Men ular g‘alaba qozonadi deb o‘ylamayman, lekin nazariy jihatdan ular bunday natijaga erishishi mumkin. Men hech qachon ular albatta g‘alaba qozonadi demaganman. Hamma narsa bo‘lishi mumkin», — dedi Tramp Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaneze bilan qo‘shma bayonot vaqtida.

Bundan bir oycha oldin Oq uy rahbari Ukraina Yevropa Ittifoqi ko‘magida o‘zining sobiq chegaralaridagi hududlarni «jang orqali qaytarib olishga qodir»ligini ta’kidlagandi. «Vaqt o‘tishi bilan Yevropa, ayniqsa NATOning sabri va moliyaviy yordami bilan asl chegaralarni tiklash mumkin», — degandi u o‘shanda.

Biroq 19-oktyabr kuni Tramp Ukraina urushiga barham berish uchun Donbass mintaqasi bo‘linishi zarurligini bildirdi. Uning fikricha, hududning katta qismi Rossiya nazoratida qolishi kerak.

«Bu shunday qolsin. U allaqachon bo‘lingan. Menimcha, mintaqaning taxminan 78 foizi Rossiya tomonidan nazorat qilinadi», — dedi AQSH prezidenti. Shu bilan birga, u Rossiya va Ukraina “keyinroq nimadir bo‘yicha kelishib olishi mumkin”ligini ham qo‘shimcha qildi.

Tahlilchilar Trampning bu so‘zlarini uning Ukrainaga nisbatan ehtiyotkor va pragmatik siyosatini davom ettirish sifatida baholamoqda. Uning fikricha, urushni tinch yo‘l bilan tugatish AQSH va butun dunyo xavfsizligi uchun eng maqbul variant bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donald Tramp Ukraina urushi bo‘yicha navbatdagi bayonot bilan chiqdi