19:06 / 20.08.2020
1 629

Xorijiy korxona foydasiga 54,5 mln. sum qarzdorlik undirildi

Xorijiy korxona foydasiga 54,5 mln. sum  qarzdorlik undirildi
MIB Yakkasaroy tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 22.10.2018 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor Usmanov Timur Raxmanovichdan undiruvchi “Uz-Shindong Silicon” O‘zbekiston-Koreya ko‘shma korxonasi foydasiga jami 54 mln. 510 ming so‘m qarz undirish haqidagi ijro xujjati mavjud. Mazkur ijro ishi Qonunning tegishli moddasiga asosan qo‘zg‘atilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga sud qarori ijrosini bajarishlik uchun 15 kun ihtiyoriy muddat berilgan.
Biroq qarzdor Usmanov Timur Raxmanovich tomonidan sud qarori ijrosi davlat ijrochisi tomonidan berilgan ihtiyoriy muddat ichida bajarilmagan.

Shunga ko‘ra yuqoridagi qarzdorlikni undirish maqsadida majburiy ijro harakatlari olib borilgan va qarzdorga tegishli bo‘lgan “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi 02.07.2020 yil kuni hatlanib, tegishli baholovchi tashkilot tomonidan 54.030.951 so‘mga baxolangan holda elektron auksion savdolariga sotishlik uchun chiqarilgan.

Realizatsiya jarayonida qarzdorga tegishli “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi 56.732.498 so‘mga sotilib, undiruvchi “Uz-Shindong Silicon” O‘zbekiston-Koreya ko‘shma korxonasining hisob raqamiga undirilishi lozim bo‘lgan qarzdorlik pul mablag‘lari o‘tkazib berildi hamda ijro ishi ijrosi tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorijiy korxona foydasiga 54,5 mln. sum qarzdorlik undirildi