23:08 / 26.08.2020
5 093

Kadastr hujjatini rasmiylashtirish bo‘yicha muhim hujjat qabul qilindi

Kadastr hujjatini rasmiylashtirish bo‘yicha muhim hujjat qabul qilindi
Amaliyotda ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda ham ularga nisbatan texnik kadastr yig‘majildlarini rasmiylashtirilgan bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslar mazkur yig‘majildlarni ko‘chmas mulk ob’ektlariga nisbatan egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi hujjat deb hisoblashlari oqibatida turli tushunmovchiliklar kelib chiqqan.

Yuqoridagi kabi holatlarni bartaraf etish maqsadida Davergeodezkadastr qo‘mitasi tomonidan muhim hujjat qabul qilindi.

Qo‘mita axborot xizmati xabar berishicha, unga ko‘ra:
  • Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kadastr yig‘majildi tayyorlash uchun ariza berish bilan murojaat qilinganda, agarda ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar arizaga ilova qilinmasa kadastr yig‘majildi tayyorlash umuman taqiqlandi;
  • Inventarizatsiya ishlari amalga oshirilgan, biroq yer uchastkasi, qurilgan bino va inshootlarga huquq tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan holda, inventarizatsiya natijalari axborot tizimida shakllantirilib, arizachiga faqatgina ko‘chmas mulk to‘g‘risidagi ma’lumot taqdim etish amaliyoti joriy etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kadastr hujjatini rasmiylashtirish bo‘yicha muhim hujjat qabul qilindi