21:01 / 04.09.2020
3 191

Grippga qarshi emlash koronavirusdan himoya qiladimi?

Grippga qarshi emlash koronavirusdan himoya qiladimi?
Bugun AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda aholidan kelgan muhim savollarga javob qaytarildi.

- Grippga qarshi emlash koronavirusdan himoya qiladimi?
- Covid-19 va gripp o‘zaro o‘xshash belgilarga ega bo‘lib, yoshi katta insonlarga hamda yurak va o‘pka xastaliklari kabi surunkali kasalliklarga chalinganlar uchun qattiq ta’sir qilishi mumkin.

Grippga qarshi emlash darajasini ko‘payishi ushbu fasllarda aholi orasida nafas yo‘li kasalliklarini kamaytirishi mumkin, shuningdek, Covid-19 pandemiyasi paytida sog‘liqni saqlash tizimiga bo‘layotgan zo‘riqishni kamaytiradi.

Ushbu vaksina odamlarni Covid-19dan himoya qilmaydi, u grippni rivojlanish xavfini kamaytiradi, shuningdek, gripp bilan bog‘liq asoratlar, jumladan kasalxonaga joylashtirilish va hatto o‘lim xavfini kamaytiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Grippga qarshi emlash koronavirusdan himoya qiladimi?