08:08 / 07.09.2020
2 844

Ko‘chmas mulk uchun kadastr pasporti qanchada tayyor bo‘ladi?

Ko‘chmas mulk uchun kadastr pasporti qanchada tayyor bo‘ladi?
AOKA huzuridagi shtabda Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva ishtirokida o‘tkazilgan brifingda aholidan tushgan savollarga javob qaytarildi.

— Ko‘chmas mulkimga kadastr pasportini olmoqchi edim. Yaqinda kadastr pasportini berish bo‘yicha yangi tartib joriy etildi deb eshitdim. Bu bo‘yicha qayerga murojaat qilsam bo‘ladi va kadastr pasporti nechi kunda tayyor bo‘ladi?

— “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Hukumat qarori bilan Ko‘chmas mulk ob’ektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tadi.

Kadastr pasportini tayyorlash kuchmas mulkni turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
- ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
- yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ko‘chmas mulk uchun kadastr pasporti qanchada tayyor bo‘ladi?